1

Akademiya mas’ullari Talabalar turar joyini o‘rganishdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektorlari – Habibullo Sadibaqosev, Irgash Daminov, Zokirjon Ro‘ziyev hamda Salim Dusanov talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Akademiyaning 2-Talabalar turar joyida bo‘lishdi.

Tashrif davomida Akademiya prorektorlari talabalarning yashash sharoiti, o‘quv va dam olish imkoniyatlari bilan tanishib, ularning fikr va takliflarini eshitishdi. 

Talabalar turar joyi xonalari, kutubxona va oshxonalarni ko‘zdan kechirilib, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Talabalar Akademiya mas’ullarining tashrifi va ularga bo‘lgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ular Akademiyada bilim olish va rivojlanish uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishishga harakat qilishlarini ta’kidlashdi. 

O‘z navbatida mutasaddilar Akademiya rahbariyati talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ma’lum qildi.

Izoh qoldirish