
Akademiyada maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi
Xabaringiz bor, joriy yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida Bosh Assambleyaning 80-yubiley sessiyasida nutq qildi.
Mazkur tarixiy chiqish nafaqat O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, balki jahonda tinchlik, barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlikka doir muhim g‘oyalarni ilgari surishi bilan ham ahamiyatlidir.
Ana shu tarixiy ma’ruzaning mazmun-mohiyatini tadqiq etish, unda ko‘tarilgan dolzarb masalalarni aholi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhim hisoblanadi.
Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi.
Dastlabki dars Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Bektosh Berdiyev tomonidan “Global minbarda O‘zbekiston” mavzusida o‘tkazildi.
Mazkur darsda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrifi va BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
O‘quvlar davomida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston BMTning teng huquqli va to‘laqonli a’zosi sifatida O‘zbekiston tenglik, hamkorlik, ko‘p tomonlamalik va xalqaro siyosiy tizimni himoya qilish prinsiplariga so‘zsiz rioya etishini ko‘rsatayotganini ta’kidladilar.
O‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish