2

Dinshunoslikdagi zamonaviy metodologik yondashuvlar

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Dinshunoslikdagi zamonaviy metodologik yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi hamda Fridrix Aleksandr nomidagi Erlangen-Nyurnberg universiteti hamkorligida o‘tkazildi.

Anjumanda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odil Ernazarov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Seminar davomida “O‘zbek va nemis islomshunosligi rivoji va istiqbollari”, “Islom ilohiyotini tadqiq etishdagi metodologik masalalar”, “Qaffol ash-Shoshiyning “Mahosin” asarida epistemologik masalalarning yoritilishi”, “O‘zbekistonda dinshunoslik sohasi rivojlanishi tendensiyalari” mavzusida ma’ruzalar tinglandi.

Anjumanda Fridrix Aleksandr nomidagi Erlangen-Nyurnberg universiteti professori Mohammed Nekroumi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professorlari – Ilhom Bekmirzayev, Nigora Hakimova, Mahfuza Alimova ma’ruza qilishdi.

Seminar davomida pedagog kadrlarning innovatsion yondoshuvlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni yuksak ilmiy-metodik darajada loyihalashtirish, sohadagi ilg‘or tajribalar, zamonaviy bilim va malakalarni o‘zlashtirish va amaliyotga joriy etishlari uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish, shuningdek,ularning ijodiy faolligini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Izoh qoldirish