2

2025/2026-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Toʻlov-kontrakt miqdori bilan tanishing:
https://drive.google.com/file/d/1BWj3M_XHVxW-ZYlqmma1yjj8_OUdfBe4/view

2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Tez orada kontrakt.edu.uz platformasi orqali shartnomalarga ariza topshirish imkoniyati yaratiladi.

IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan.

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

️Murojaat uchun telefon: (71) 207-18-78.

Izoh qoldirish