
Tinchlik, do‘stlik va ma’rifat sari
BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston so‘nggi yillarda tinchlikparvarlik, savdo-iqtisodiy, xalqaro muloqotlar sohasida faol ishtirokchiga aylanganiga dunyo hamjamiyati yana bir bor guvoh bo‘ldi.
Prezidentimiz BMT minbarida turib: “Yangi O‘zbekiston barcha davlatlar bilan o‘zaro hamjihatlik, ochiq muloqot va yaqin sheriklik tarafdoridir. Biz xalqlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, umumbashariy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shishga doim tayyormiz”, dedi.
Davlatimiz rahbari ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida ekani, farzandlarimizning qalbi va ongiga tinchlik, gumanizm hamda do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifalar sirasiga kirishini ta’kidlab, bu borada jahon yoshlarining tinchlik sari harakatini ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari surdi.
Shu bilan birga, islom ma’rifati g‘oyalarini chuqur o‘rganish va dunyoga targ‘ib etish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni faol davom ettirishimizni qayd etib, yaqin oylarda yurtimizda Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishini ma’lum qildi.
Muzaffarxon Joniyev,
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2025-yil 4-oktabr, 204-son

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish