
Dunyoga tutilgan ko‘zgu
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining yaqinda bo‘lib o‘tgan 80-нubiley sessiyasida dunyodagi murakkab geosiyosiy jarayonlarga to‘xtalib, xalqaro institutlar nufuzi zaiflashib borayotgan bir vaziyatda global hamjihatlikni mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidladi. Prezidentimizning bu ma’ruzasini, ta’bir joiz bo‘lsa, bugungi dunyoga tutilgan ko‘zgu, deb atash mumkin. Keling, jahon ayvonida kechayotgan manzaralarga bir qur nazar tashlaylik.
2022-yilda boshlangan Ukraina mojarosi Yevropada 1945-yildan beri kuzatilgan eng katta harbiy to‘qnashuvga aylandi. Yaqin Sharqdagi Isroil – Hamas urushi mintaqada keng ko‘lamli gumanitar inqirozni keltirib chiqardi. Afrika qit’asida joylashgan Sudandagi harbiy to‘qnashuv va Sahel mintaqasidagi terrorchilik faoliyati mintaqaviy beqarorlikni kuchaytirdi. Boshqa tomondan, Osiyoda Tayvan masalasi ortidan AQSH va Xitoy munosabatlari keskinlashib bormoqda. Bularning barchasi geosiyosiy muvozanatning buzilishi va davlatlar o‘rtasida ishonchsizlikning chuqurlashishiga olib kelmoqda.
Texnologik va ijtimoiy tengsizlik ham chandon oshib ketgan. Ilg‘or sun’iy intellekt, biotexnologiya va “katta hajmli ma’lumot” (Big Data) texnologiyalari asosan AQSH, Xitoy va Yevropa qo‘lida jamlangan. Afrika va Lotin Amerikasida esa raqamli infratuzilma rivojlanishga muhtoj. Internetdan foydalanish darajasi Shimoliy Yevropa va Yaponiya da 95 foizdan yuqori, ayrim Afrika mamlakatlarida esa 30 foizdan ham past. Muxtasar aytganda, texnologik taraqqiyot insoniyatni hozircha tenglashtirmagani, aksincha “texnologik elita” va “chetda qolgan omma” o‘rtasidagi masofani yiroqlashtirganini kuzatish mumkin.
Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,
“Ziyo” media markazi direktori
Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 3-oktabr, 40-son

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish