
Behbudiy va Sulton Qobus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori yirik olim qoldirgan ilmiy-ma’rifiy merosni teran o‘rganish va uning faoliyatini xalqaro ilmiy maydonga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) jadidlik harakatining yetakchi namoyondalaridan biri sifatida xalqni zamonaviy ilm-fanga, ma’rifatga chorlagan, taraqqiyotning kaliti bilimda deb hisoblagan. Uning sahna asarlari orqali yuksak milliy g‘oyalar keng jamoatchilik ongiga singdi, qalblarga nur bag‘ishladi.
Behbudiy o‘z asarlari, ilg‘or pedagogik qarashlari va faol ijtimoiy-siyosiy pozitsiyasi bilan jamiyatda yangi uyg‘onish davrini boshlab berdi. Ayni shu ma’noda, uning fikrlari va faoliyati nainki mintaqada, balki butun musulmon Sharqida taraqqiyotga yetaklovchi ruhiy to‘lqin uyg‘otgani barchamizga yaxshi ma’lum.
Ana shu ma’rifatparvarlik g‘oyasi boshqa diyorlarda ham o‘z ifodasini topgani sir emas. O‘mon Sultonligida Sulton Qobus bin Said (1940-2020) aynan shunday insonparvar va ma’rifatparvar yetakchi sifatida ehtirom bilan xotirlanadi. Uning faoliyati, xalqni bilimga, zamonaviylikka chorlashga qaratilgan harakatlari mintaqa taraqqiyotida katta o‘rin tutgan, keng qamrovli islohotlari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholangan.
Shahriyor Shavkat,
“Jadid” gazetasi muxbiri
Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 3-oktabr, 40-son

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish