
Insonparvarlik tamoyillariga asoslangan ma’naviy diplomatiya
BMT Bosh Assambleyasining Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan yubiley anjumani – 80-sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida O‘zbekiston Prezidentining chiqishi nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa va jahon miqyosida dolzarb ahamiyatga ega voqelik sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan qizg‘in kutib olindi.
Mazkur tarixiy nutqda mahalliy, mintaqaviy va global darajadagi masalalarga alohida ahamiyat qaratildi. Jumladan, unda zamonaviy dunyodagi global tahdidlar, xavfsizlikka doir masalalar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqaror taraqqiyot, turli sohalardagi hamkorlik hamda global muammolarga munosabat bildirilib, ularning yechimiga oid o‘ndan ortiq taklif va tashabbus ilgari surildi.
Prezidentimiz BMT minbaridan buyuk ajdodlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning boy ma’naviy va ilmiy merosini alohida ta’kidlab, yaqin vaqtda BMTda maxsus taqdimot o‘tkazish taklifini bildirdi.
Bu tashabbus nafaqat tarixiy merosimizning yuksak qadrlanishi, balki jahon hamjamiyatiga islomning haqiqiy mohiyati – ma’rifat, bag‘rikenglik va insonparvarlik g‘oyalarini yetkazish yo‘lida muhim qadamdir.
Muzaffar Komilov,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori,
tarix fanlari nomzodi, dotsent
Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2025-yil 30-sentabr, 201-son

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish