
Yaxshilik elchisi
Bashariyat yaralgandan beri qarama-qarshilik ham bardavom, hozirgacha na jamiyat, na millat, na davlatlar orasidagi ziddiyatlarga barham berishning imkoni bo‘lgan emas. Tabiat, koinot, hatto borliqning o‘zi turli qutblardan iborat ekanini inobatga olsak, hamma bir tomonda bo‘lishining o‘zi mantiqsizlikday, Yaratganning irodasiga zidday tuyuladi.
Insoniyatning bizga ma’lum bo‘lgan o‘tmishi Gʻarb va Sharq, Shimol va Janub, kapitalizm va sotsializm, dindorlik va xudosizlik, ezgulik va yovuzlik, jaholat va ma’rifat tushunchalari singari qutblanish azaldan mavjud va turli davrlarda har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lganidan xabar beradi.
Ilm-fan, sanoat va texnika taraqqiyotiga ulkan turtki bergan XX asr o‘z poyoniga yetguniga qadar dunyo kapitalistik va sotsialistik lagerlarga bo‘lingan holda qutblandi. Har ikki tomondagilar ham haqiqat o‘z tanlovlarida ekaniga shubha qilishmadi. Goh u, goh bu tomonning qo‘li baland kelgan davrlarni ko‘rdik. Barcha yutuqlar shu omillarga bog‘lab talqin qilindi. Yangi asr ostonasiga kelib, globallashuv bilan bog‘liq jarayonlar yuzaga chiqa boshladi.
Axborot almashinuvining tezlashishi, so‘z erkinligi, shaxs daxlsizligi, oshkoralik, jamoatchilik nazoratining kuchayib borishi yangi boshqaruv institutlarining joriy etilishiga olib keldi.
Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,
“Ziyo” media markazi direktori
Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 26-sentabr, 39-son

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish