3

Yosh olimlar uchun attestatsiya jarayonlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 309-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarining 2025-yil 3-chorak hisoboti yuzasidan attestatsiya jarayonlari o‘tkazildi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov boshchiligidagi mutasaddilar yosh olimlarning hisobotlarini eshitishdi.

Unda yosh olimlar “Islom tarixi va manbashunoslik”, “Dinshunoslik”, “Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot”, “Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi” hamda “Din psixologiyasi” bo‘yicha o‘z hisobotlarini taqdim etishdi.

Mutasaddilar hisobotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari, tavsiyalarini berib o‘tishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Sep
25
Yoshlar bilan ishlash
Ta’zim sizga, aziz ustozlar
12:04
Sep
18
Yoshlar bilan ishlash
Milliy liboslar – millat qiyofasi
16:47

Izoh qoldirish