3

Ta’zim sizga, aziz ustozlar

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Ta’zim sizga, aziz ustozlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori Mirsodiq Is’hoqov, kafedra mudiri Odil Ernazarov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. 

Davra suhbatida аtoqli olim, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori Mirsodiq Is’hoqovning ilmiy faoliyati haqida so‘z yuritildi. 

Tadbir davomida ustozning ilm yo‘lidagi samarali mehnati, yosh kadrlarga bergan bilim va tarbiyasi, shuningdek, ilmiy-pedagogik faoliyatidagi unutilmas lahzalar haqida o‘rtoqlashildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarga ibrat bo‘lishi, ustoz-shogird an’analarini davom ettirish, ilm va ma’naviyatga hurmat ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish