3

Akademiyada binar dars o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Fiqh ilmining paydo bo‘lish tarixi va rivojlanishi hamda islom ilmlariga oid xalqaro tadqiqotlarning ahamiyati” mavzusida binar dars bo‘lib o‘tdi.

“Biz – yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur darsda dunyoning nufuzli TOP-100 talik universitetlari reytingiga kiruvchi Shvetsiyaning LUND universiteti professori Rustamjon Urinbayev tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. 

Seminarda islom huquqiga oid ilmiy izlanishlarning ahamiyati, islom huquqining xalqaro OTMlarda, ilmiy-tadqiqot markazlarida o‘rganilishining dolzarb masalalari tahlil etildi.

Ma’ruzachi tomonidan o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning islom dinining qabul qilinishi natijasida VIII-XII asrlarda Movarounnahr diniy ilmlar markaziga aylangani ta’kidlandi.

Fiqh – islom huquqshunosligi sohasi sifatida VIII-X asrlarda shakllangani, fiqh ilmi mustaqil huquqshunoslik sohasi sifatida rivojlana borib, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga oid bo‘lgan masalalarni qamrab olgani qayd etildi. 

Binar dars davomida bugungi kunda fiqh ilmini o‘rganishga oid xalqaro tadqiqotlariga taalluqli misollar keltirildi. 

Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish