112

Xorijdagi vatandoshlar uchun Davlat granti tanlovi

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha 30 ta davlat granti ajratildi.

Tanlov shartlari:

Nomzod yoki uning ota-onasi (yaqin qarindoshi) o‘zini etnik, til va madaniy-tarixiy jihatdan o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilishi;

Hozirda xorijda doimiy yashayotgan shaxs bo‘lishi;

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tgan va suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

O‘zbek tilini bilishi lozim.

Muddat: 2025-yil 10-oktabrgacha.

Tanlov jarayoni:

Kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud yo‘nalishlar uchun imtihon oliy ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etiladi;

Boshqa yo‘nalishlarda test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi;

Eng yuqori ball to‘plagan talabgorlar davlat granti sovrindorlari bo‘ladi.

Nomzodlar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.
 

Izoh qoldirish