
Akademiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi
Ishda, o‘qishda, umuman, hayotimizning har bir jabhasida favqulodda vaziyat ro‘y berishi mumkin. Bunday hollarda vaziyatdan betalofat chiqish uchun nima qilish kerak?
Bu kabi vaziyatlarda aholi to‘g‘ri harakat qilishini o‘rgatish, targ‘ibotini amalga oshirish muhim sanaladi.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida talabalar turar joyi binosida istiqomat qiluvchi talabalarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi, favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish kabi mavzularda amaliy va nazariy ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, profilaktik tadbir davomida talabalar maxsus texnika, himoya vositalari va favqulodda vaziyatlarda foydalaniladigan anjomlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ushbu tadbir Akademiya jamoasida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish