
Akademiya rahbariyati va talabalar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida talabalar bilan muassasa rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekanlari – Ilyos Mirziyotov, Farhod Karimov, Jahongir Tohirov, Akademiya profilaktika inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Muloqot davomida oliy ta’lim muassasasidagi odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom haqida so‘z yuritildi. Talabalar yaxshi ta’lim olish bilan cheklanib qolinmay, tarbiyasi, xulqi-odobi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerakligi alohida ta’kidlandi. Akademiyaning taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi qonun-qoidalariga rioya qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, fakultet dekanlari so‘zga chiqib, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari, majburiyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.
Tadbirda profilaktika inspektori tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, talabalar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashga doir profilaktik ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda Akademiyada olib borilayotgan ta’lim tizimi va o‘quv jarayonlari, talaba-yoshlar sifatli bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z bordi.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish