
Binar darslar talabalar uchun foydali bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida xorijlik olimlar ishtirokida binar darslar tashkil etilmoqda. Mazkur darslar orqali doktorantlar, magistr va talabalar o‘z bilimlarini yanada oshirishmoqda.
Bugun ham seminar darslari davom etdi.
Unda IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov tomonidan “Dinlarni qiyosiy o‘rganishda musulmon olimlarining uslublari” hamda “Buyuk olimlarimizning islom va jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan hissalari”mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzalar davomida O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixini yortib beruvchi qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy manbalarning o‘rganilishi, Tarix fanining vujudga kelishi va o’tmishni o’rganishdagi dastlabki malakalar hamda tarixni o’rganishda asos bo‘luvchi manbalar haqida tushuncha berildi.
Binar dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.




O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish