18

Akademiyada xorijlik olimlar ishtirokida binar darslari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida xorijlik olimlar ishtirokida binar darslar tashkil etilmoqda. Mazkur darslar orqali doktorantlar, magistr va talabalar o‘z bilimlarini yanada oshirishmoqda.

Bugun ham seminar darslari davom etdi. 

Unda Misr Arab Respublikasi Qohira universiteti Sharq tillari kafedrasi professori Jalol Said Hafnaviy hamda Akademiya dotsentlari – Ziyodulloh Zinatullayev va Saidahmadxon Gʻaybullayev ishtirokida “Qadimgi Misr tarixi” hamda IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov va dotsent Ne’matulla Nasrullayev ishtirokida esa “Manbashunoslik va tarixshunoslikka oid ma’lumotlarini aniqlash va ular ustida tadqiqot olib borish usullari haqida” mavzusidagi binar darslar o‘tkazildi.

Ma’ruzalar davomida O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixini yortib beruvchi qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy manbalarning o‘rganilishi, Tarix fanining vujudga kelishi va o’tmishni o’rganishdagi dastlabki malakalar hamda tarixni o’rganishda asos bo‘luvchi manbalar haqida tushuncha berildi. 

Shuningdek, qadimgi Misr tarixi, uning insoniy sivilizatsiyasidagi ahamiyati, madaniyat, ilm-fandagi yangiliklari, urf-odatlari haqida so‘z yuritildi. 

Hozirgi kunda O‘zbekiston va Misr munosabatlari yanada rivojlanib, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalar ko‘lami kengayib borayotgani e’tirof etildi.

Binar dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish