
Majid Abdulaziz Turkiy: “Markaziy Osiyo – jahon tamadduni beshiklaridan biri”
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi raisi, doktor Majid Abdulaziz Turkiy hamda Akademiya dotsenti Avazbek G‘aniyev ishtirokida binar dars o‘tkazildi.
“Tarixiy Geografiya va kartografiya; Paleoekologiya va sivilizatsiya dinamikasi” fani doirasida tashkil etilgan darsda Majid Abdulaziz Turkiy “Markaziy Osiyo madaniyatining jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o‘rni, mintaqa allomalarining ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish borasida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan uch ming yil muqaddam mintaqada ilk shaharlar va davlatchilikning vujudga kelishi bu hududda yangi hayotiy tushunchalar va falsafiy qarashlarning, ilm-fan, xususan, tibbiyot va astronomiya, jo‘g‘rofiya va matematika, geodeziya, me’morchilik sohalarining, madaniy-ma’rifiy va diniy qadriyatlarning jadal taraqqiy etishiga asos yaratgani e’tirof etildi.
Binar dars yakunida talabalar tomonidan savollar tinglandi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish