
Xorijlik olimlar ishtirokida binar o‘tkazildi
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilgan edi.
Bugun Akademiyada mazkur konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijlik olimlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Tadqiqotlarni olib borishni samarali tashkillashtirishda Ilmiy markazlar bilan hamkorlikninng o‘rni” mavzusidagi darsda Misr Arab Respublikasining Qohira universiteti Sharq tillari kafedrasi professori Jalol Said Hafnaviy, Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi raisi, doktor Majid Abdulaziz Turkiy hamda IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov mavzu doirasida ma’ruza qilishdi.
Binar darsda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov, kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrlar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida doktorantlar ilm olish va uning fazilatlari, ayollarning ilm olishida ahamiyat beriladigan jihatlari haqida so‘z yuritdilar. Shu bilan birga, doktorantlar o‘zlari tadqiq etayotgan dissertatsiya mavzulari yuzasidan ham ma’lumot berdilar.
Muloqot yakunida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish