2

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻi – tinchlik, ezgulik, milliy g‘urur majmuasi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

Tadbirlar davomida Akademiyaning 1-kurs talabalari uchun “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga ekskursiya tashkil etildi.

Ushbu sayohatni tashkil qilishdan asosiy maqsad yurtimizning diqqatga sazovor tarixiy obidalari, boy tarixiy manzilgohlarni oʻrganish hamda yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni koʻrsatish va talabalar qalbida vatanparvarlik, milliy gʻurur va iftixor hissini yanada rivojlantirishdir.

Majmuada buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o‘lmas siymolari aks ettirilgan. O‘zbekistonning sobiq mustabid tuzum davridagi og‘ir va mashaqqatli hayoti, qatag‘on siyosati, xalqimizning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorat va matonati ta’sirchan lavhalarda ifodalangan. 

Yodgorlik yurtimizda yangi O‘zbekistonni – Uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasi bilan uyg‘un holda barpo qilingani ayniqsa ahamiyatlidir. Unda milliy davlatchiligimizning ramzi bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur saltanatining moviy gumbazi, yulduzlar olamiga qarab yuksalgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, dunyo ilm-fani va sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkir bobolarimizning eng nodir ilmiy kashfiyotlari o‘zining bor mahobati va shukuhi bilan ko‘z oldimizda yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. 

Tinchlik va erkinlik, ezgulik va farovonlik timsoli bo‘lgan, ko‘kda mag‘rur parvoz qilayotgan Humo qushi tasviri monumentning eng yuqori qismida – bamisoli uning gultoji bo‘lib o‘rin egallagan.

Talabalar dastlab “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi “Istiqlol” majmuasi bilan yaqindan tanishib, Uchinchi Renessansning poydevori boʻlgan majmua haqida bilimlarga ega bo‘lishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish