2

Akademiya mas’ullari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida bir qator mas’ul rahbarlar va 1-kurs talabalari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov, Akademiya profilaktika inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov, Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi Nilufar Aliboyeva so‘zga chiqib, o‘z vazifalari haqida ma’lumot berib o‘tishdi. 

Jumladan, Akademiya profilaktika inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov “Ogohlik – davr talabi” mavzusida ma’ruza qildi.

Davra suhbati davomida profilaktikka inspektori jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, talabalar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashga doir profilaktik ma’lumotlar berildi.

Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi Nilufar Aliboyeva keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini mustahkamlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi islohotlar davlat siyosatining ustuvor maqsadlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

Bu borada Akademiyada talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlar, xotin-qizlar bilan ishlashdagi kelgusiagi rejalari haqida o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvda “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi haqida so‘z yuritdi. Agar oliy ta’lim muassasasida bunday vaziyat sodir bo‘lsa, murojaat qilishlarini, Akademiya rahbariyati tizimda korrupsiyaga qarshi kurashda keskin choralar ko‘rishga tayyorligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Izoh qoldirish