
Inson xotira bilan tirik, qadri bilan ulug‘
El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasini yod etmoq avlodlarning zimmasidagi burchdir.
Shu bois, mamlakatimizda 2001-yildan buyon 31-avgust “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. Jadid bobolarimizning ruhlarini shod etish, hayoti va merosini o‘rganishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
Shahidlar xotirasi maydoni esa Oʻzbekiston mustaqilikka erishgach, XX asr boshlarida yurtimizda roʻy bergan qatagʻonlar natijasida qurbon boʻlgan xalqimiz farzandlarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan meʼmoriy majmua hisoblanadi.
Xalqimizning ming-minglab fidoyi va matonatli o‘g‘il-qizlarining xotirasini eslash, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o‘tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini tarbiyalash maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 1-kurs talabalari uchun Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui va Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalarga majmuaning tarixi, uning bugungi kundagi mazmun-mohiyati, qatag‘on qurbonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif davomida muzeyning ilmiy xodimlarining majmuada joylashgan har bir eksponat va ular bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu sayohat yoshlar orasida ma'naviy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, ularda Vatanga sadoqat, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish