
Akademiyaning faol talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Mamlakatimizda har bir sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, jamiyatdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar jadal olib borilmoqda. Yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi va ta’lim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoit yaratish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarining o‘rni ahamiyatga molikdir.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida 1-kurs talabalari va Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti a’zolari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Davra suhbatida Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov tashkilot faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Ayni paytda Tashkilot “Zakovat” intellektual turniri, “Talabalar teatr studiyasi”, “Tafakkur egalari” kitobxonlik klubi, “Munozara” klubi, “Ekovolontyor” loyihasi, “Zukko kitobxon” ko‘rik tanlovi, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi, “BMT MUN” kabi loyihalarni amalga oshirmoqda. 10 dan ziyod to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, tadbir davomida Yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkilotining, yo‘nalishlari va fakultetlar koordinatorlari tanishtirilib, ularning maqsad-vazifalari haqida ma’lumot berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish