
Ekstremizm va terrorizm – insoniyat kelajagiga tahdid
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Mustaqillik darslari” doirasida “Ekstremizm va terrorizm – insoniyat kelajagiga tahdid” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazildi.
Unda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o’rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mumin Mirzo Abdupattayev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Tadbirda ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi sabablari, buzg‘unchi oqimlarning maqsad-muddaolari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo‘lgan xalqlar orasidagi o‘zaro ishonchga soya solayotgani ta’kidlandi.
Ayni paytda dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlayotgani qayd etildi. Bu borada yoshlarga to‘g‘ri tushuncha berish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kerakligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish