2

UNESCO doirasida hamkorlik kengaymoqda

Shu kunlarda Parijdagi UNESCO qarorgohida “Raqamli ta’lim haftaligi” (Digital Learning Week) tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Mazkur haftalik UNESCO tomonidan yillik tashkil etiladigan asosiy tadbirlardan biri bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad sun’iy intellekt taraqqiyotining ta’lim kelajagiga ta'siri bilan bog'liq masalalarni muhokama qilishdan iborat.

Tadbirlar “Sun’iy intellekt va ta’lim kelajagi: o‘zgarishlar, dilemma va yo‘nalishlar” (“AI and the future of education: disruptions, dilemmas and directions”) mavzusi ostida tashkil etilmoqda. 

“Raqamli ta’lim haftaligi” tadbirlarida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Mahfuza Alimova, Mohira Abdullayeva va Laziza Alidjanova ham ishtirok etmoqda. 

Akademiya vakillari yangi texnologiyalar, xususan sun’iy intellektni ta’lim jarayonlariga samarali integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha muhokamalarda qatnashish orqali ta’limni zamonaviy, interaktiv va shaxsga yo‘naltirilgan tarzda tashkil qilish yuzasidan qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda.

Turli qarashlar va metodologiyalar asosida sun’iy intellekt rolini tanqidiy baholash uchun o‘tkazilayotgan forumlar esa siyosatchi, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglar, tadqiqotchilar va axborot texnologiyasi mutaxassislari kabi turli soha vakillarini birlashtirish, fikr almashish va hamkorlik platformasini yaratishga xizmat qilmoqda.

Haftalik tadbirlarida so‘zga chiqqan ekspetlar sun’iy intellekt va boshqa axborot texnologiyalarini ta’lim  sohasida foydalanish etikasi, adolatli va inklyuziv tarzda qo‘llash, shuningdek, bu texnologiyalar nafaqat rivojlangan davlatlarda, balki rivojlanayotgan mamlakatlarga ham foyda keltirishi uchun global strategiyalar ishlab chiqish zaruratiga asosiy urg‘u berdilar.

Izoh qoldirish