
Davlat va jamoat arbobi, taniqli olim Rustam Qosimovning yorqin xotirasi yod etildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida davlat va jamoat arbobi, taniqli olim Rustam Sobirovich Qosimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.
Mazkur tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillari, davlat va jamoat arboblari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, olimlar va ziyolilar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov ham ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Rustam Qosimov 1955-yil 30-avgustda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatib, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetida tahsil oldi.
Rustam Qosimov butun hayotini el-yurtga beminnat xizmat qilishga bag‘ishladi. Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlarida faol ishtirok etdi. Ushbu davrda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Davlat maslahatchisi, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimlarida qizg‘in faoliyat olib bordi.
Umrining so‘nggi yillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi va ayni vaqtda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori lavozimlarida samarali ishlab, yurtimizda millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, diniy-ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda o‘zining boy bilim va tajribasi, yuksak salohiyatini safarbar etdi.
Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi xizmatlari hamda 70 yillik tavallud sanasi munosabati bilan u “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Bu yuksak mukofot ustozning davlat va jamiyat oldidagi xizmatlariga berilgan munosib e’tirofdir.
So‘zga chiqqanlar tomonidan Rustam Sobirovich salkam 50 yillik mehnat faoliyati davomida doimo xalqimiz va Vatanimiz manfaatini ko‘zlab, fidokorona mehnat qilganini e’tirof etdilar.
Shuningdek, tadbir davomida olimning ibratli hayoti va faoliyati haqida tayyorlangan “Rustam Qosimov zamondoshlari xotirasida” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish