
Akademiya rahbariyati va 1-kurs talabalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 1-kurs talabalari va Akademiya rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov, fakultet dekanlari va tyutorlar ishtirok etdi.
“Mustaqillik darslari” doirasida tashkil etilgan muloqotda so‘zga chiqqanlar tomonidan oliy ta’lim muassasasidagi odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom haqida so‘z yuritildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari, majburiyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda Akademiyada olib borilayotgan ta’lim tizimi va o‘quv jarayonlari, talaba-yoshlar sifatli bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z bordi.
Suhbat davomida mas’ullar tomonidan talabalarga yaxshi ta’lim berish bilan cheklanib qolinmay, ularning tarbiyasi, xulqi-odobi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerakligi, bu borada Akademiya va ota-ona hamkorligi yo‘lga qo‘yilishi kerakligi alohida ta’kidlandi.
“Mustaqillik darslari” davom etmoqda.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish