2

Akademiya rektori “Mustaqillik darslari” doirasida ma’ruza qildi

Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” boshlandi. 

Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etishmoqda.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Akademiya rektori Muzaffar Kamilov “Mustaqillik darsi”da ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li, uni yanada taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z bordi.  

Yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekani, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi.   

O‘z navbatida talabalarning ota-onalari ham so‘z olib, Akademiya ustozlari va rahbariyatiga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi. Farzandlari bilim olishdan to‘xtamasliklari, mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shadigan munosib kadr bo‘lib yetishishlarini ta’kidlashdi. 

“Mustaqillik darslari” davom etmoqda.

Izoh qoldirish