
Akademiyada professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi
Bugun, 26-avgustdan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun 2025/2026-o‘quv yili boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasidagi o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi.
Mazkur o‘quvlarni tashkil etishdan maqsad o‘tgan o‘quv yili yakunlarini tahlil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, professor-o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada shakllantirishdan iborat.
Unda spikerlar tomonidan “Ta’lim sifatini oshirish uchun pedagog xodimlar e’tiborga olishi kerak bo‘lgan omillar (so‘rovnoma natijalari asosida)” hamda “Ta’lim jarayonini faollashtirishda professor-o‘qituvchilar kommunikativ kompetensiyasining ahamiyati” kabi mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘quv-mashg‘ulotlari 30-avgustga qadar davom etadi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish