
Hashar – hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan joriy yilning 22-23-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan hashar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan alohida ahamiyatga ega. Shu bois, xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.
Shu munosabat bilan kecha kun davomida Akademiyada ham mazkur tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Bugun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligida umumxalq hashari katta ishtiyoq bilan davom ettirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi farmoyishi asosida o‘tkazilgan hasharda professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar oliy ta'lim muassasasi hududida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi.
Hashar davomida daraxtlar oqlandi. Chiqindilar belgilangan hududlarga olib chiqildi. Hashar elga yarashar, deydilar. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida Akademiya hududi ozoda, shinam va obod holga keltirildi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish