
Hamjihatlik, totuvlik va bag‘rikenglik bilan yurt obod bo‘ladi
30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni
Tojiklar o‘zbekchada, o‘zbeklar tojikchada o‘z ona tilidek gaplashadigan qishloqda tug‘ilib o‘sganman. Keyin taqdir taqozosi bilan mehnat faoliyatim ham shu ikki millat bir el bo‘lib yashaydigan hududda boshlandi.
Aslida, yurtimizda ikki millat vakillari aralash yashaydigan qishloq va mahallalar ko‘p. Bunday joylarda yashaydigan o‘zbek va tojik xalqlarining qiyofasi, xatti-harakatlari, kiyinishi yoki udumlariga qarab bir-biridan ajratish qiyin. To‘g‘risi, tashqaridan kelgan odam ularning farqiga bormaydi. Negaki ko‘p millatli xalqimiz ham bir-birini ajratib ko‘rsatmaydi. Aksincha, quda-anda, qavm-qarindosh bo‘lgan. To‘y-ma’rakasi birga, ko‘klamda Navro‘zni birga nishonlaydi, chavandozlari bir davrada ko‘pkari chopadi. Shu bois, ularni ikki tilda so‘zlashadigan bitta xalq deyishadi.
Qadriyat va urf-odatlari bir-biriga juda o‘xshash bu ikki xalqning birodarligi kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Bu yaqinlik qadimdan yonma-yon yashab kelayotgan ikki xalqning uzoq ajdodlaridan meros. Ammo ma’lum muddat chegaralarga sun’iy to‘siqlar o‘rnatilib, odamlarning bordi-keldisi cheklandi. Ikki davlatda yashaydigan quda-andalar, do‘st-u birodarlar, qavm-u qarindoshlar bordi-keldi qilishi qiyinlashdi.
Biroq etni tirnoqdan ajratib bo‘lmaganidek, ikki xalqni ajratish mumkin emasdi. Bu haqiqatni to‘g‘ri anglaydigan odamlar vaziyatni o‘nglashga intilib yashadi. Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyatining dastlabki kunlaridanoq qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga jiddiy kirishdi. Yurtboshimiz tashabbusi bilan bundan sakkiz yil muqaddam ikki davlatni bog‘lovchi chegara postlari qayta ochildi. Ikki davlat Prezidentlarining siyosiy irodasi bilan o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi bordi-keldi munosabatlari yangi bosqichda qayta tiklandi. Bu tarixiy kunni o‘zbek va tojik xalqlari katta shod-u xurramlik bilan kutib oldi.
Gulandom SUBHONOVA,
Respublika tojik milliy-madaniy markazi raisi
Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2025-yil 26-iyul, 152-son

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish