
Samimiy muloqotda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Shu kunlarda poytaxtimiz Toshkentda o‘tkazilayotgan “Ko‘priklar qurish: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida mintaqaviy muloqot” mavzusidagi xalqaro tadbir doirasida xorijlik ekspertlar, diniy va ilmiy sohaning yetuk vakillari yurtimizda bo‘lib turibdi.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida xorijlik mehmonlar tashrif buyurdi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tahlil markazlarining mintaqada tinchlik va diniy bag‘rikenglikka ko‘maklashish sohasidagi hamkorligini mustahkamlash hamda madaniy va diniy amaliyot sohasida yurtimiz diniy ulamolari va mutaxassislari bilan fikr almashishdan iborat bo‘ldi.
Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektorlari – Irgash Daminov, Zokirjon Ro‘ziyev, Olim Astanakulov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Akademiya professor-o‘qituvchilari kutib oldi.
Uchrashuv avvalida Akademiya prorektori Irgash Daminov hurmatli mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.
Muassasaning tashkil etilishi tarixi, ilmiy faoliyati, taʼlim yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. Akademiya davlat taʼlim muassasasi sifatida taʼsis etilgani, unda uzluksiz taʼlim yoʻlga qoʻyilgani, diniy va dunyoviy fanlar asosida taʼlim berilishini qayd etdi.
Samimiy muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar “Manbalar xazinasi” bo‘limida ham bo‘lib, u yerda saqlanayotgan islom diniga oid nodir qo‘lyozma va toshbosma asarlar, “Usmon Mus’hafi” hamda “Langar Qur’oni”ning nusxalari bilan tanishdilar.
Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbaralariga ziyorat tashkil etildi.
Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari ko‘rsatilgan iltifot va yuqori darajadagi mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish