
“Dolzarb 90 kun” doirasida o‘quvchilar uchun to‘garaklar va sport musobaqalari tashkil etildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Shayxontohur tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari uchun “Yoshlar – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur bellashuvlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.
Jumladan, Akademiya professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari tomonidan maktab o‘quvchilari bilan foydali suhbatlar, ma’naviyat darslari hamda turli to‘garaklar tashkil etilmoqda. Bu to‘garaklarda bolalar ma’naviy-ma’rifiy, yuksak axloq, oilaviy qadriyatlar, sog‘lom hayot tarzi kabi mavzularda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, yoshlarni jismonan chiniqtirish maqsadida futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka va kibersport kabi musobaqalar ham o‘tkazilib, g‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanmoqda.
Mazkur tadbirlar orqali o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashi yanada boyib, vatanparvarlik va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabati mustahkamlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish