
Akademiya vakili xalqaro forumda ma’ruza qildi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov Shanxay siyosatshunoslik va huquq universiteti qoshidagi SHHT uchun Xalqaro yuridik tayyorgarlik va hamkorlik Markazi (SHHT Markazi) tomonidan tashkil etilgan “SHHT tahlil markazlari Forumi 2025”da ishtirok etdi
Shanxayda bo‘lib o‘tgan ushbu Forumda xalqaro munosabatlar va jahon siyosatidagi murakkab sharoitda SHHTga a’zo davlatlarining hamkorlik istiqbollari, davlat rahbarlari tomonidan ilgari surilayotgan taraqqiyot modellari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sharoitida barqaror taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha taklif etiladigan model hamda mexanizmlarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Forumda SHHTga a’zo davlatlardan 100 dan ortiq olimlar, mutaxassislar hamda tahlilchilar ishtirok etishdi.
Shanxay siyosatshunoslik va huquq universiteti Xitoydagi eng yosh universitetlardan biri bo‘lib, mamlakatdagi yuridik ta’limni taklif etuvchi kam sonli universitetlardan biri hisoblanadi. U Shanxaydagi Sheshan tog‘ining etagida joylashgan. Universitetning asosiy yo‘nalishlari huquq, siyosat, iqtisod, sotsiologiya va adabiyotdir. Universiteti 3 ta magistratura, 40 ta bakalavriat va 7 ta oliy kasbiy ta’lim dasturlarini taklif etadi. Bugungi kunda universitetda dunyoning turli burchaklaridan 12 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.
Universitet kampusi 67 gektar maydonni egallar ekan. Universitetning katta hududida ko‘plab sport inshootlari va o‘zining keng kutubxonasi mavjud. Universitetda interaktiv o‘quv xonalari, BMT modeliga asoslangan o‘z auditoriyasi, xalqaro siyosat bo‘yicha o‘quv xonalari, xalqaro strategik xavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlar bazasi, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun auditoriyalar, 35 laboratoriya va bir nechta ustaxonalar mavjud.
Ushbu universitet qoshida 2017-yilda SHHT uchun Xalqaro yuridik tayyorgarlik va hamkorlik Markazi tashkil etilgan. Mazkur markazda Xitoy va xorijiy mamlakatlar siyosatshunos, iqtisodiyot va huquqshunos olimlari tomonidan SHHT uchun yuridik va siyosatshunos mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tahlillar tayyorlash va xalqaro konferensiyalar o‘tkazish bilan shug‘ullaniladi.
Mazkur forumda ishtirok etgan tahlilchi va olimlar bilan bo‘ladigan muloqot, SHHTga a’zo davlatlardagi yetakchi universitet vakillari bilan ilmiy tadqiqot mavzulari muhokamasi qo‘shma tadqiqotlar va nashrlar uchun imkoniyatlarni kengaytiradi. Shuningdek, u xalqaro tadqiqot grantlari va loyihalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Forum boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblar va tahlilchilar bilan tajriba almashish imkonini berdi.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu ilmiy safar nafaqat tahliliy materiallar bilan tanishish, balki ta’lim va fan sohasidagi xalqaro hamkorlikning strategik rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish