1

Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi

Inson oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, sport bilan shugʻullanib, jismonan chiniqib tursa, salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Ayniqsa, har kuni ertalab 15-20 daqiqalik badantarbiya yoki 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish juda foydali.

Ma’rifatparvar alloma Abdurauf Fitrat ham “Rahbari najot” asarida “Badantarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a'zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo‘lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi”, bejiz qayd etmagan.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Komilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazilmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlar davlatimiz rahbarining joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash hamda Akademiyada sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faol ishtirok etib, o‘z salomatliklarini chiniqtirib olishdi.

Izoh qoldirish