
Akademiya rektori Malayziyada yoshlar bilan muloqot qildi
Tashrif asnosida Siamen universiteti faollar zalida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Kuala-Lumpurdagi vakillari bilan hamkorlikda Malayziyada tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yosh vatandoshlar ishtirokida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Unda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev va Akademiya rektori Muzaffar Komilov nutq so‘zladi.
Davra suhbatida Malayziyaning nufuzli oliygohlarida, jumladan, Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya, Malayya, “City”, “Cyberjaya” “UCSI”, “INCEIF”, “INTI”, “Xiamen” universitetlarida tahsil olayotgan 120 ga yaqin talabalar ishtirok etdi.
Samimiy uchrashuvda O‘zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyadagi qatnashchilarni ushbu ayyom bilan tabriklab, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda so‘zlagan nutqi va yoshlarga yo‘llagan murojaati mazmuni bilan tanishtirdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida xabardor qilindi. Yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan qator muhim tashabbuslar, islohotlar va bunda davlat organlarining yoshlarimiz uchun tutgan tayanch va ko‘makchi roliga alohida ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir doirasida so‘zga chiqqan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tomonidan yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi va ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotgani, xorijda ta’lim olayotgan yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Interaktiv tarzda bo‘lib o‘tgan tadbirda Malayziyadagi o‘zbekistonlik yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular ishtirokida kelgusi yilda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi. Yoshlarimizning yangi g‘oya, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Tadbir davomida yurtdoshlarimizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va maslahatlar berildi. O‘zbekistonlik yoshlarni turli diniy-ekstremistik va yot g‘oyalar domiga tushib qolmasligi maqsadida profilaktik suhbat ham o‘tkazildi.
O‘z o‘rnida, Malayziyada tahsil olayotgan talaba yoshlar respublikamiz hayotida faol ishtirok etishga, mamlakatimizni yanada rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish