
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ma’naviyat masalalari muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, ma’naviyat ishlari bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdi. Mazkur yig‘ilishda ma’naviy-axloqiy tarbiya, milliy va diniy qadriyatlarga sodiqlikni mustahkamlash, hamda talabalar o‘rtasida yuksak ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan qator masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev tomonidan “Odob-axloq qoidalari”ga rioya etish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi. Unda akademiyadagi ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, talabalarning fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirish va jamiyatga munosib kadrlar sifatida tayyorlashda axloqiy tarbiyaning o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ma’ruzachi Akademiyadagi ba’zi holatlarda odob-axloq normalariga rioya etmaslik holatlari kuzatilayotganini tanqidiy tahlil qildi hamda bu borada jamoaviy mas’uliyatni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.
Davlatimiz rahbarining kecha yoshlar bilan muloqotida qayd etilganidek, yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylanganishi zarurligini e’tirof etdi.
Yig‘ilish davomida 2025-yilning ikkinchi yarmi uchun belgilangan asosiy ma’naviy-ma’rifiy rejalar ham taqdim etildi. Xususan, diniy-ma’rifiy tadbirlarni tizimlashtirish, talabalar ishtirokida muntazam seminarlar o‘tkazish, akademiyadagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi muhokama qilindi.
Shu bilan birga, yig‘ilish qatnashchilari ma’naviyat sohasidagi ishlarda ko‘proq amaliy samaradorlikka erishish uchun ilmiy va tashkilotchilik mexanizmlarini takomillashtirish zarurligini ta’kidladilar. Ayniqsa, yoshlarning axloqiy tarbiyasida nafaqat nazariy bilim, balki shaxsiy namuna va ijtimoiy faollik ham hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani uqtirildi.
Umuman, mazkur yig‘ilish O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ma’naviy muhitni yaxshilash, odob-axloq qoidalarini amaliyotda qo‘llash va yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash borasida muhim qadam bo‘ldi. Taqdim etilgan tanqidiy mulohazalar va rejalarning samarali ijrosi Akademiya faoliyatining sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish