
Akademiya Kengashi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov, Akademiya rahbariyati va jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi.
Kengash yig‘ilishida 2024/2025-o‘quv yilida bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Majlis davomida soha mutasaddilari o‘zlarining vazifalariga doir ishlar haqida ma’lumot berib, kelgusidagi rejalarini belgilab olishdi.
Akademiya rektori yangi o‘quv yilida bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, talabalarga o‘z sohasining yetuk, raqobatbardosh mutaxassis kadri bo‘lib yetishishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berish uchun ustuvor vazifa bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.
Shundan so‘ng Akademiya pedagog-xodimlari faoliyatini baholash yuzasidan (110 ballik tizim va shaxsiy ish rejalarning bajarilishi asosida) 2024-2025 o‘quv yili natijalari to‘g‘risida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ilhom Berdiyarovning hisoboti tinglandi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev 2024-2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘quv jarayoni natijalari tahlili hamda 2025-2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Majlisda Kengashi kotibi Jaloliddin Bo‘riyev Akademiya Kengashining 2024-2025-o‘quv yilidagi faoliyati natijalari hamda Kengash qarorlarining ijrosi to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori bosh mutaxassisi Javlon Asqarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa yuqori davlat organlari buyruqlarining Akademiyadagi ijrosi monitoringi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Kengashda sohadagi shu kabi yutuqlar e’tirof etilgan holda, diniy-ma’rifiy sohada bajarilishi zarur bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish