
Poytaxtimizda “Umra plyus va ziyorat turizmi” xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi
Bugun “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida “Umra plyus va ziyorat turizmi” 3-xalqaro ko‘rgazmasi ish boshlandi.
Ushbu nufuzli tadbir ziyorat turizmi bo‘yicha mintaqadagi eng yirik voqealardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Mazkur ko‘rgazmada Saudiya Arabistonida faoliyat olib borayotgan yirik mehmonxonalar, aviakompaniyalar, keytering va transport kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ular o‘z xizmatlari, yangi imkoniyatlari va hamkorlik takliflari bilan ishtirokchilar e’tiborini tortdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining yetakchi soha mutaxassislari hamda turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ham ishtirok etishdi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar real sektor vakillari bilan muloqotda bo‘lib, ziyorat turizmi sohasidagi so‘nggi yangiliklar va global tendensiyalar haqida bevosita ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Akademiya vakillari bu kabi xalqaro maydonlarda ishtirok etish talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi. Ko‘rgazma davomida yoshlar zamonaviy ziyorat turizmi xizmatlari, Umra safarlarini tashkil qilishdagi logistika va xizmat ko‘rsatish standarti bo‘yicha muhim taassurotlar oldilar.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga seminarlar, taqdimotlar va B2B uchrashuvlar ham taqdim etildi. “Umra plyus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi turizm sohasi mutaxassislari va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ko‘rgazma o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish