
Akademiyada dolzarb mavzuda psixologik trening o‘tkazildi
Keyingi yillarda yurtimizda gender tenglikni ta’minlash sohasida izchil va samarali sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlashning qonunchilik mezonlari ham zamon talablariga mos holda takomillashtirilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida esa oʻquvchi va talaba qizlarga tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, profilaktik tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida mutaxassislari ishtirokida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham “O‘quvchi va talaba qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish yoki zo‘ravonlik sodir etish holatlarini oldini olishga qaratilgan” psixologik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Akademiya Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, Shayxontohur tumani hokim o‘rinbosari Ziyoda Tahirova, Shayxontoxur tumani IIOFMB IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik Gulnora Ishanxonova, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan bu kabi trening tadbirlari ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlashda, ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam berishini qayd etishdi.
Tadbirda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida mutasaddi tashkilot vakillarining maʼruzalari tinglandi.
Shundan so‘ng tadbir turli sho‘balarga bo‘lingan holda psixologik treninglar bilan davom etdi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan psixologik trening mashg‘ulotlari olib borildi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish