2

Akademiyada bitiruv malakaviy ishlari himoyasi o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 2024-2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 4-kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi o‘tkazilmoqda.

Bugun “Psixologiya”, “Islomshunoslik”, “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining diplom himoyasi bo‘lib o‘tdi. 

Bitiruv malakaviy ishlari islomshunoslik, dinshunoslik, din sotsiopsixologiyasining dolzarb muammolari va yangi metodlarini sohaga tatbiq qilish masalalariga bag‘ishlandi.

Komissiya a’zolari o‘z nutqlarida talabalarning bitiruv ishlarining dolzarbligi va ularning amaliy ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Izoh qoldirish