
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida Xitoyning geosiyosiy va geoiqtisodiy ahamiyati
So‘nggi yillarda Xitoyning xalqaro maydondagi roli sezilarli darajada ortib, u global siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik tizimlariga bevosita ta’sir ko‘rsata boshladi. Xitoyning dunyodagi aholisi eng ko‘p va iqtisodiyoti yirik davlat sifatida kuchayib borayotgani siyosiy va ilmiy doiralarda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Oʻzining ulkan iqtisodiy tashabbuslari, qat’iy diplomatik pozitsiyasi va oʻsib borayotgan harbiy salohiyati bilan Xitoy xalqaro munosabatlar dinamikasini shakllantirishda asosiy oʻyinchi sifatida namoyon boʻldi. Xitoyning global ishtirokining motivlari, strategiyalari va oqibatlarini tushunish siyosatchilar, olimlar va amaliyotchilar uchun oʻzaro bogʻlangan va oʻzaro bogʻliq boʻlgan dunyoning murakkabliklarini boshqarishda juda muhimdir.
Xitoy dunyodagi eng yirik bozorlardan biri. U bilan savdo qilish har bir mamlakat uchun katta iqtisodiy foyda olish imkoniyatini beradi. Xitoy O‘zbekistonning yirik savdo hamkorlaridan biri (2024 yilda Xitoy bilan tovar aylanmasi Rossiyadan ham o‘tib ketdi). O‘zbekistonda “Yashil energetika” tizimi to‘liq ishga tushadigan bo‘lsa Xitoy bizning elektr-energetika uchun juda katta bozorligini unutmaslik kerak.
Xitoy sun’iy intellekt, 5G va boshqa sohalarda ilg‘or texnologiyalar taklif qilyapti. Gʻarb va boshqa sub’yektlar taklif etayotgan texnologiyalarga alternativ ko‘paysa tanlov imkoniyati bo‘ladi. Hatto Xitoy bilan hamkorlikda milliy dasturlar yaratish tizimini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bunda O‘zbekistonda yetarlicha salohiyat va infrastruktura bor.
Habibullo Sadibaqosev,
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, siyosiy fanlar doktori (DSc)
Manba: “Imom Buxoriy saboqlari” jurnali

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish