2

Haftalik doirasida Toshkent davlat yuridik universitetida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun Toshkent davlat yuridik universitetida “Vijdon erkinligi boʻyicha inson huquqlari haftaligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi. 

Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Bektosh Berdiyev, TDYU “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi professori A.Raxmonov, Akademiya va universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi. 

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “Dunyoviy davlatda umumjamiyat manfaatlari va vijdon erkinligini uyg‘un ravishda ta’minlash mexanizmlari”, “Islom huquqi va hozirgi zamon”, “Fuqarolik millatini shakllantirish va uning milliy davlatchilik tizimi uchun ahamiyati” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish