2

Sport – sog‘lomlik va nafosat garovi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi ayol xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talaba-qizlari o‘rtasida “Sport – sog‘lomlik va nafosat garovi” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Akademiyaga qarashli oromgohda tashkil etilgan bahslarda ishtirokchilar sportning yugurish, estafeta, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha bellashishdi.

Mazkur bellashuvlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad ayol xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-qizlarni jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning qalbida sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, o‘ziga ishonchni uyg‘otish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlashdan iborat.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Izoh qoldirish