3

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.

Majlisni Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.

Muntazam o‘tkaziladigan mazkur Kengash yig‘ilishida ortda qolgan davr mobaynida bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinadi.

Dastlab “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi o‘qituvchisi Muxlisabonu Ishanxanovaga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi topshirildi.

Shundan so‘ng Akademiya rektori Muzaffar Komilov barchani yaqinlashib kelayotgan Muborak Qurbon hayiti bilan tabriklab, bayramni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olishlarini tiladi. 

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Kengashining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng Akademiyada yuritilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligi hamda professor-o‘qituvchi, xodimlarning huquqiy madaniyati, savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini yetkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida muassasa yuristi Nigora Akbarova tomonidan ma’lumot berildi. 

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Olim Astanakulovning xalqaro hamkorlik bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan ikki tomonlama imzolangan hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi hamda ular bilan ilmiy dasturlar doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. 

Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ilg‘or va samarali uslublarini, ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Akademik litsey ijrochi direktori Feruz Rashidov tomonidan ma’lumot berildi.  

Majlisda Akademiya Kengashi kotibi Jaloliddin Bo‘riyev tanlov muddati tugagan pedagog-o‘qituvchilar lavozimlariga tanlov o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OAKga ilmiy unvon olish uchun tavsiya etish to‘g‘risida axborot berdi. 

“Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomidagi maxsus stipendiyaga tavsiya etish xususida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Ergash Daminovning hisoboti eshitildi. Shuningdek, 2025-2026-o‘quv yili uchun Akademiyada qabul jarayonlarini samarali tashkil etish, bu borada bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar haqida so‘z bordi.

Kengashda sohadagi shu kabi yutuqlar e’tirof etilgan holda, diniy-ma’rifiy sohada bajarilishi zarur bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi.

Xususan, iqtidorli talabalar bilan ishlash borasida yangicha mexanizm yaratish, yoshlar uchun Akademiyada shart-sharoitlar yaratish kerakligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi. 

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish