
Talabalar uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga sayyor targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
“Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida Akademiya tomonidan o‘tkazilayotgan “Vijdon erkinligi boʻyicha inson huquqlari haftaligi” doirasida professor-o‘qituvchi va talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga sayyor targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida ma’ruzachi sifatida qonun bilan tasdiqlangan Konsepsiya loyihasi ishlab chiqilishida bevosita ishtirok etgan deputatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Gulrux Agzamova hamda Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Ulug‘bek Shermatov tomonidan ma’ruzalar o‘tildi.
Ekspertlar tomonidan qonun loyihasining tayyorlanish bosqichlari, mazku Konsepsiyaga zarurat va unung ahamiyati ochib berildi.
Davra suhbatidan so‘ng talabalar qonun loyihalari ishlab chiqilishi, muhokamalardan o‘tkazilishi va qabul qilinishi jarayonlari bilan tanishdilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish