3

Biz bir oila farzandlarimiz!

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari “Orol dengiziga poyezd” aksiyasi doirasida Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib o‘tgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi. 

Tadbir doirasida turli millat va elat vakillari bir sahnada chiqish qilib, yurtimizdagi totuvlik va hamjihatlik muhitini yana bir bor aks ettirishdi.

Dastur davomida talabalar tomonidan sahna chiqishlari, do‘stlik va birdamlik haqida sahna ko‘rinishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

“Biz bir oila farzandlarimiz!” shiori ostidagi ushbu tadbir yurtimiz yoshlari o‘rtasida do‘stlik, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Tadbir yakunida talabalarning "Orol dengiziga poyezd" loyihasi davomida tayyorlangan mamlakatimiz turizm salohiyatini targ'ib qilish, milliy merosimizni asrash g'oyalarini targ'ib qilivchi kontentlar, shuningdek, Orolbo‘yida daraxtzorlarni tashkil etish, sho‘rlanishni kamaytirish, cho‘llanishning oldini olish, Orolbo‘yi hududlarida istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzini yaxshilash, turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Aksiya doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish