
Akademiya vakillari “Orol dengiziga poyezd” aksiyasi doirasida Nukus shahridagi diqqatga sazovor madaniy va ilmiy muassasalarda bo‘lishdi
Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalari “Orol dengiziga poyezd” aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketishgandi.
Kecha Akademiya vakillari Nukus shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Laboratoriya va biznes akselerator o‘quv markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga tashrif buyurishdi.
Talabalarga XX asr avangard san’ati, Qoraqalpog‘iston madaniy merosi va xalq amaliy san’ati namunalaridan iborat boy kolleksiya haqida ma’lumotlar berildi.
Ushbu tashriflardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning ekologik tafakkurini mustahkamlash, atrof-muhit muhofazasi sohasidagi zamonaviy laboratoriya uskunalari va innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ularni yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Talabalar yoshlar uchun yaratilgan biznes akselerator bo‘limida ekologik startaplar va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini o‘rgandilar.
Tashrif doirasida talabalar va markaz mutaxassislari o‘rtasida ochiq muloqot va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Bu tashrif yoshlarda ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, ilmiy-amaliy salohiyatni rivojlantirish va innovatsion fikrlashni shakllantirishga xizmat qildi.
Ekskursiya yakunida talabalar ushbu muzey Qoraqalpog‘iston tarixini saqlash va targ‘ib qilishda muhim ilmiy-ma’rifiy maskan ekanini ta’kidlashdi. Ular uchun bu tashrif ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, xalq madaniyatiga bo‘lgan hurmatni mustahkamlash va Orolbo‘yi muammolari haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish