
Akademiya vakillari “Оrоl dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasida ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketishdi
Joriy yilning 28-31-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Оrоl dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi.
Mazkur loyiha Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘lida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Shu bois, bugun poytaxtimizdagi Janubiy temir yo‘l vokzalida ishtirokchilarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi vakillari, aksiyada qatnashuvchi oliygoh talabalari jamuljam bo‘lishdi.
Ahamiyatlisi, “Оrоl dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ham ishtirok etishmoqda.
Marosimda so‘z olganlar davlatimiz rahbari tomonidan Orol dengizining qurishi natijasida mintaqada yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar. Ayniqsa, joriy “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida bu kabi ekologik loyihalar, tashabbuslar nihoyatda zarur va dolzarb ekani alohida qayd etildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, aksiya doirasida yurtimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli, faol yoshlar Orolbo‘yi hududiga sayohat qilib, bu yerda yuzaga kelgan ekologik falokat oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishadi va bu orqali ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka chaqiriladi.
Tadbir davomida talabalar uchun ekologik seminarlar, ijtimoiy loyihalar taqdimoti, ko‘chat ekish kabi tadbirlar tashkil etilishi belgilangan. Shuningdek, ishtirokchilar mahalliy aholining hayoti, qadimiy tarixiy yodgorliklar bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
Aksiya nafaqat ekologik muammolar haqida xabardorlikni oshiradi, balki yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirib, ularni atrof-muhitni asrashga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Bu tashabbus orqali ekologik mas’uliyat hissi, vatanparvarlik va ijtimoiy faollik kabi muhim fazilatlar mustahkamlanadi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish