1

Ishchi guruh vakillari Akademiya faoliyatini o‘rgandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik ishchi guruhlari oliy ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Unga ko‘ra, ishchi guruh vakillari oliy ta’lim muassasalarida o‘quv adabiyotlarini yaratish, nashr qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatini ko‘zdan kechirmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boshqarma boshlig‘i Soyib Tajibayev boshchiligidagi ishchi guruh o‘rganish ishlarini olib bordi.

Guruh a’zolari Akademiya axborot-resurs markazidagi mavjud ilmiy, ma’rifiy, badiiy adabiyotlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. 

Shuningdek, guruh vakillari “Manbalar xazinasi” bo‘limida ham bo‘lib, u yerda saqlanayotgan islom diniga oid nodir qo‘lyozma va toshbosma asarlar, “Usmon Mus’hafi” hamda “Langar Qur’oni”ning nusxalari bilan tanishdi.

Akademiya talabalari uchun yaratilgan sharoitlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari muallifligidagi o‘quv adabiyotlarga yuqori baho berdi.

Izoh qoldirish